8 Sentyabr 2025 yil 473

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Ichki turizm: ham sayohat, ham ziyorat” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 08 sentabr kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sherzod Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Ichki turizm: ham sayohat, ham ziyorat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, Termiz davlat universiteti qoishidagi Akademik litseyi tarix fani katta o‘qituvchisi, Jahongir Usmonovning ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, ma’naviyat va ma’rifat darsi davomida, jamiyatda Ichki ishlar organlarining imidjini oshirish masalalari yuzasidan viloyat IIB Axborot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Farhod Toshboevning ma’ruzasi tinglanib, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ichki ishlar organlari xodimlari e’tiboriga videolavha namoyish etildi.

Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilib tanqidiy fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, viloyat IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘ining Yuridik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Murod Shaymardonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan yangi qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati, hujjatlarni yuritish tartib qoidalari tushuntirildi.

Shu bilan bir qatorda, IIV tomonidan yuborilgan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar yetkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilish hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etilib, shaxsiy tarkibning jingovar shayligi, bilim saviyasini yanada oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida tanqidiy fikrlar bildirildi.

Shu bilan bir qatorda jamiyatda korrupsion jinoyatlarga murosasiz kurash olib borishda, safdoshlariga o‘rnak bo‘lib xizmat qilib kelayotgan Bandixon tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi inspektori viloyat IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech