Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Davlat gerbi – mustaqillik timsoli” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 7 iyul kuni viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Baxtiyor Inoqov hamda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Shadievlar ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Davlat gerbi – mustaqillik timsoli” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
Termiz Davlat Universiteti akademik litseyi tarix
fani bosh o‘qituvchisi Diljahon Abdulakimovaning ma’ruzasi tinglandi.
Respublika hududida ichki ishlar
organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish
holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga
xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida ma’lumotlar
berilib tanqidiy fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘ining
birinchi o‘rinbosari B.Inoqov tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini
olish, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilish hamda fuqarolar tomonidan
qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga
xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi.
viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari
Sherzod Shadiev tomonidan shaxsiy tarkibning jingovar shayligi, bilim saviyasini
yanada oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida
tanqidiy fikrlar bildirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimi katta serjant Shermuhammad Jandreev “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganligi munosabati bilan uning xizmatlari e’tirof etilgan bo‘lsa, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan viloyat IIB Axborot xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Farxod Toshboev Ichki ishlar vazirligining “III- darajali Benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.