Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Axborot xavfsizligi va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 06 oktabr kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Zavkiddin Xujanov ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Axborot xavfsizligi va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
axborot texnologiyalari bugungi kunda jamiyatning barcha sohalariga
chuqur kirib borganligi ta’kidlanib, internet imkoniyatlar dunyosi sifatida kashf
etilishi bilan birga u bir vaqtning o‘zida ham foydali ham xavfli ekanligi hayotiy
misollar orqali tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi maslahatchisi,
taniqli shoir Salim Ashurov hamda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo
viloyati bo‘limi rahbari, shoir Mengnor Ollamurodlar ishtirokida “Vatan uchun, Millat
uchun” shiori ostida olib borilayotgan islohotlar yo‘lidagi bunyodkorliklar mavzusida
suhbatlar o‘tkazilib, ijodkorlarning vatanni math etuvchi she’rlari tinglandi. O‘zbekiston
yozuvchilar uyushmasi raisining viloyat IIB kutubxonasi fondiga badiiy kitoblar
to‘plamlari sovg‘a sifatida topshirildi.
Ma’naviyat va ma’rifat darsi davomida, viloyat IIB Tashkiliy boshqarma
boshlig‘ining Yuridik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Murod Shaymardonov
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan yangi qabul
qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati, hujjatlarni yuritish tartib
qoidalari xodimlar e’tiboriga yetkazildi.
Tadbir yakunida, Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Eng yaxshi tergov jamoasi”, “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik tanlovlarida munosib ishtirok etib faxrli birinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ichki ishlar organlari xodimlari hamda faxriylariga ko‘krak nishonlari, diplom, faxriy yorliq, pul mukofotlari, ko‘krak nishonlari, bir guruh ichki ishlar xodimlariga esa navbatdagi “podpolkovnik” hamda “leytenant” maxsus unvonlari tantanali ravishda topshirildi.