Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Jadidlar: milliy o‘zbek, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy
yilning 6 yanvar kuni Surxondaryo viloyati
IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari mayor
X.P.Nurmatov ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda barcha shahar-tuman
IIB shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Jadidlar: milliy o‘zbek, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari”
mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu
tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat Universiteti tarix fanlar do‘ktori professor
Pardaev Toshkenboy Rajabovichning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan
so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir
hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar Surxondaryo
viloyati IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari mayor
X.P.Nurmatov tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi yakunida ba’zi xodimlarning
yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar
tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari
bilan birga xatti-harakatlari tanqid qilindi.