5 May 2025 yil 822

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “E’tibor va g‘amxo‘rlik - insoniy burch” (9-may – Xotira va qadrlash kuni) mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 05-may kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “E’tibor va g‘amxo‘rlik - insoniy burch” (9-may – Xotira va qadrlash kuni) darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, Termiz Davlat Universiteti qoshidagi qatag‘on qurbonlarini yod etish muzeyi direktori Quvataliev Ubaydulla Begimqulovichning ma’ruzasi tinglandi.

Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etildi. Shuningdek, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar borasida tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Joriy yilning 4-5 aprel kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish davomida jamoat tartibini saqlash, ishtirokchi davlat delegatsiya vakillarining xavfsizligini ta’minlashda yuksak kasb mahoratini namoyon etgan ayrim xodimlarni tantanali ravishda ragʻbatlantirish.

Text to speech