4 Noyabr 2024 yil 490

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Jahon tamadduni rivojida Mizro Ulug‘bekning o‘rni.”mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 04 noyayabr kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida Jahon tamadduni rivojida Mizro Ulug‘bekning o‘rni.” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, Termiz Davlat Universiteti Akademik litseyi tarix fani bosh o‘qituvchisi Usmonov Jahongir Xo‘jaqulovichning ma’ruzasii tinglandi.

O‘quv darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirib o‘tildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, 25-oktabr Ichki ishlar orginlari xodimlari kuni munosabati bilan bir gurux xodimlarga viloyat xokimligining qimmatbaha estalik sovg‘alari  tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech