4 Avgust 2025 yil 510

#Ijtimoiy_himoya_oyligi Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Kitob – tafakkur xazinasi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 4 avgust kuni viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor Nodir Xoliqov ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Kitob – tafakkur xazinasi” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan, Toshkent davlat tibbiyot instituti Termiz filiali Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, 1-son davolash ishi fakulteti dekan o‘rinbosari Shuxrat Usanovning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, “Agrobank” ATB Surxondaryo viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi Umid Norqulov tomonidan joriy yilning 1 avgust kunidan 31 avgust kuniga qadar ichki ishlar organlari tizimida “Inson qadri uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilib, unda “Agrobank” ATB Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari uchun yaratilgan imtiyozli kreditlar, imkoniyatlar hamda qulayliklar haqidagi tushuntirishlar berib o‘tildi.

Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilib tanqidiy fikrlar bildirildi.

Bundan tashqari, IIV tomonidan yuborilgan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar yetkazilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilish hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama etilib, shaxsiy tarkibning jingovar shayligi, bilim saviyasini yanada oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida tanqidiy fikrlar bildirildi.

Text to speech