Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Imom Moturidiyning ma’naviy merosi (Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi)” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 3 noyabr kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Zavkiddin Xujanov ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Imom Moturidiyning ma’naviy merosi” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
Termiz davlat universiteti Falsafa kafedrasi o‘qituvchisi, Akram Jo‘raevning mavzu
yuzasidan ma’ruzasi tinglandi.
Bundan tashqari, viloyat
IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Jismoniy va jangovar
tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i, mayor Husan Nurmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi tomonidan yangi qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning
mazmun mohiyati hamda jismoniy va jangovar tayyorgarlik yo‘nalishlarida sinovlar
topshirish tartiblari xodimlar e’tiboriga yetkazildi.
Respublika hududida
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi
buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi tomonidan shaxsiy
tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida
ma’lumotlar berilib tanqidiy fikrlar bildirildi.
Shuningdek, tizimda korrupsiyaga murosasizlik bilan kurash olib borishda jonbozlik ko‘rsatib, xizmatdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan xodimlarga boshqarma boshlig‘ining pul mukofotlari hamda Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan bir guruh xodimlarga navbatdagi “leytenant” hamda “podpolkovnik” maxsus unvonlari viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.