Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Yashil iqtisodiyot taraqqiyot kafolati” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 3 mart kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadiev hamda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Uchqun Yakubovlar ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Yashil iqtisodiyot taraqqiyot kafolati” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
Muhandislik agrotexnologiyalar universiteti qoshidagi
akademik litseyi katta o‘qituvchisi Jo‘rabek Meliqulovning
ma’ruzasi tinglandi.
O‘quv darsi davomida,
yurtimizda va xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqeyalar tavfsiloti bo‘yicha
video rolikni shaxsiy tarkib e’tiboriga havola etildi.
Respublika hududida ichki ishlar
organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish
holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka
rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari,
boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi,
xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan
murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari
tanqidiy muhokama etildi. Shuningdek, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning
barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar borasida
tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan taklif etilgan porani olishdan rad etib, xizmatdoshlariga o‘rnak ko‘rsatib, korrupsiyaga murosasizlik bilan qarshi kurashishda o‘z hissasini qo‘shgan ichki ishlar organlari xodimlari boshqarma boshlig‘ining pul mukofotlari bilan taqdirlandi.