Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 24 fevral kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i Sherzod Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
Muhandislik agrotexnologiyalar universiteti qoshidagi
akademik litseyi katta o‘qituvchisi Jo‘rabek Meliqulovning
ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, Termiz Xalqaro ilmiy tadqiqot markazi xodimi Imom Faxriddin
Xudoynazarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1008-sonli Qonunining
mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga yetkazilib, bu borada viloyat hududida
ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hususida so‘z yuritildi.
O‘quv darsi davomida,
yurtimizda va xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqeyalar tavfsiloti bo‘yicha
video rolikni shaxsiy tarkib e’tiboriga havola etildi.
Respublika hududida ichki ishlar
organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish
holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov tomonidan
shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari
to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari,
boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi,
xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan
murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari
tanqidiy muhokama etildi. Shuningdek, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning
barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlar borasida
tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan taklif etilgan porani olishdan rad
etib, xizmatdoshlariga o‘rnak ko‘rsatib, korrupsiyaga murosasizlik bilan qarshi
kurashishda o‘z hissasini qo‘shgan hamda huquqtartibot organlari bilan
hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘ygan ichki ishlar organlari xodimi Faxriy yorliq
va estalik qo‘l soati bilan mukofotlandi.