Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning soha bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Surxondaryo viloyatida doimiy ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan,
joriy yilning 22
fevral kuni, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari,
Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Xurshid Atanazarov tomonidan Termiz shahar, Termiz va Angor tumani
fuqarolari uchun viloyat IIB binosida navbatdagi fuqarolar qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida asosiy e’tibor, sohaga doir murojaat bilan kelgan fuqarolarning
muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib,
murojaatlarning ijrosini ta’minlash uchun mas’ul xodimlar ishtiroki ta’minlandi.
Qabul davomida, Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jami 15 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
Ushbu 15 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, 8 tasi joyida ijobiy hal etildi, 7 nafariga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilib, ijrosi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan nazoratga olindi.