Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun.” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 02 dekabr kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun.” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan,
Termiz Davlat Universiteti Akademik litseyi tarix fani bosh o‘qituvchisi Usmonov
Jahongir Xo‘jaqulovichning prezentatsiyasi hamda ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, Respublika hududida
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi
buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov
tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya
qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirib o‘tildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi
davomida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan sport musobaqasida
faxrli o‘rini egallagan bir gurux xodimlar bir martalik pul mukofati bilan, qolaversa
o‘z xizmat vazifasini sidqi-dildan bajarib
safdoshlariga na’muna bo‘lib kelayotgan bir necha nafar xodimlar maxsus unvon bilan
taqdirlandilar.