Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi Ona tilim - jonu dilim mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 21 oktabr kuni Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari mayor X.Nurmatov
ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Ona tilim -
jonu dilim (21- oktabr-o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun) mavzusida
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz shahar
11-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Normuradova
Dilbar Abdikosimovnaning ma’ruzasi tinglandi.
Shuningdek viloyat xokimining
13.10.2023-yildagi 522-8-0-q/23-sonli "O‘zbekiston qizil yarim oy jamiyati
viloyat tashkiloti insonparvarlik faoliyatini qo‘llab-quvatlash to‘g‘risida"gi
qarori yuzasidan jamiyatning viloyat tashkilot raisi Akbarov Raximqul Maxmudovichning
ma’ruzasi tinglandi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida,
Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta
davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib,
ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi
borasidagi xatti-harakatlari tanqid qilindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati