Surxondaryo viloyati IIBda 25 oktabr O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi.
Viloyat IIB boshlig‘ining 2023 yil
21 oktabr kunidagi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlari organlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 25 oktabr – “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni”
munosabati bilan kasb bayramini yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda keng nishonlash
to‘g‘risida”gi farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
rahbariyati ham ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar va ishchi
xizmatchilar uchun bayram oldidan arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkasini
tashkil qildi. Viloyat IIB hovlisida tashkil etilgan yarmarka rastalarida sifatli
va arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, un, yog‘, shakar, poliz mahsulotlari,
meva-sabzavotlar, turli yaxna ichimliklar, baliq, mol, qo‘y va tovuq go‘sht mahsulotlari,
tuxum va boshqa turdagi har xil mahsulotlar o‘rin olgan.
– Hamkasblarim
bilan birga bayram dasturxoni uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid
qildim. Eng muhimi, mahsulotlar hamyonbob arzon va sifatli. Endi bozorga borib,
vaqtimizni yo‘qotmaymiz. Bunday yaratilgan qulayliklardan boshqa hamkasblarim qatori
men ham mamnunman, shu o‘rinda ushbu arzonlashtirilgan Savdo yarmarkasini tashkil
qilib bergan rahbariyatimizga minnadorchiligimni izhor etaman, – deydi viloyat IIB
xodimi, kapitan Abror Boboev.
Arzonlashtirilgan
savdo yarmarkasi viloyatning barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida ham tashkil
etilmoqda.