Surxondaryo viloyati IIBda Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan ezgu tadbir tashkil etildi.
Bugun 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ichki ishlar organlari boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov boshchiligida ichki ishlar organlari faxriylari hamda xizmat burchini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olindi.
Uchrashuv davomida
faxriylarga yuksak ehtirom va minnatdorlik ifodalandi. Ularga ko‘rsatilgan e’tibor
va g‘amxo‘rlik, ichki ishlar tizimidagi yosh kadrlar uchun ham katta tarbiya maktabi
bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, xizmat
burchini bajarish yo‘lida hayotini fido etgan mard va jasur xodimlar xotirasi yod
etildi, ularning oilalariga ma’naviy, moddiy va tibbiy ko‘mak ko‘rsatildi.
Tadbirda so‘z olganlar
ta’lim-tarbiya va jamoat tartibini ta’minlash sohasida faxriylarning boy tajribasi,
jasorat va fidoyilik misollari har doim yosh avlod uchun ibrat ekanligi ta’kidlandi.
Bayram asnosida, o‘z
umrini ilm fanga baxshida etib, kelajak avlodga ta’lim tarbiya berib kelayotgan
Termiz Davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulovning ham xonadonida bo‘lib,
bayram bilan qutladi, dildan suhbat qilindi.
Shu tariqa, O‘qituvchi
va murabbiylar kuni ichki ishlar organlarida ham ma’naviyat, vatanparvarlik va insonparvarlik
ruhi bilan nishonlandi.
Bu tashriflar yana
bir bor shuni ko‘rsatdiki, ichki ishlar tizimida xizmat qilgan har bir inson – tirik
bo‘lsin yoki hayotini fido etgan bo‘lsin – unutilmaydi. Faxriylar o‘z tajribasi
va duolari bilan yoshlarga ibrat, halok bo‘lgan hamkasblar esa abadiy xotira sifatida
qalblarda yashaydi.
Ustoz va murabbiylar
kunida amalga oshirilgan bu tashriflar nafaqat hurmat-izzat ifodasi, balki insoniy
qadriyatlarning, mehr-oqibat va samimiy g‘amxo‘rlikning yorqin namunasi bo‘ldi.