1 Iyul 2024 yil 330

Surxondaryo viloyati IIBda 30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan bir guruh yosh xodim va xodimalari uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

Ta’kidlash joiz, mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasidagi muhim masala bo‘lib kelgan. So‘nggi yillarda yosh yigit-qizlarimiz uchun yaratilayotgan keng ko‘lamdagi imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning o‘qib-o‘rganishlari, qizg‘in faoliyat ko‘rsatishlari uchun qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyo hamjamiyatini ham o‘ziga jalb etib kelmoqda. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish uchun har bir hududda zarur shart-sharoitlar muhayyo qilinmoqda.

Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024 yil 08 iyun kunidagi tegishli farmoyishiga asosan joriy yilning 01 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, joriy yilning 28-30 iyun kunlari viloyat ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan, xizmat faoliyati davomida yuksak natijalarga erishib, hamkasblariga na’muna bo‘lib kelayotgan bir guruh yosh xodim va xodimalar uchun, Samarqand viloyatiga ikki kunlik sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida, xodimlar boqiy shaharning boy madaniy tarixi, obidalari, urf-odatlari, an’analari,  va boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashdi hamda ma’daniy hordiq chiqarishdi.

Text to speech