25 Iyun 2024 yil 381

Surxondaryo viloyati IIBda IIV Akademiyasi 1- va 2-o‘quv kursi kursantlari va ularning ota-onalari bilan amaliyot oldi uchrashuvi o‘tkazildi.

Joriy yilning 25 iyun kuni Surxondaryo viloyati IIB binosida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim 1-o‘quv kursi kursantlarining o‘quv-tanishuv va 2-kursi kursantlarining ish o‘rganish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha kursantlar, ularning ota-onalari va amaliyot o‘tash davrida ularga biriktirilgan murabbiylar hamda tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirokida amaliyot oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari X.Atanazarov huzurida o‘tkazilib, yig‘ilish qatnashchilariga, ota-onalar va kursantlarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 30-sentabrdagi 312-son “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash hamda amaliyotni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida IIV Akademiyasi kunduzgi ta’lim   1-o‘quv kursi kursantlarini joriy yilning 24 iyun kunidan 21 iyul kuniga qadar o‘quv-tanishuv hamda 2-o‘quv kursi kursantlarini joriy yilning 24 iyun kunidan 28 iyul kuniga qadar ish o‘rganish amaliyotni tashkil etish bo‘yicha keltirilgan vazifalarni tushuntirib, yig‘ilish davomida bildirilgan taklif, tavsiyalarga jiddiy munosabatda bo‘lgan holda, aytilgan talablarga to‘la amal qilish kerakligi yana bir bor eslatib o‘tildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan kursantlarga amaliyot o‘tash davrida xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishlari, fuqarolar bilan muloqotga uhkirishganida xushmuomala bo‘lishlari, xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga aralashmasliklari, amaliyotni belgilangan tartibda o‘tashlari lozimligini tushuntirilib, ota-onalar ham amaliyot o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishtirildi.

Yig‘ilish so‘ngida so‘zga chiqqan kursantlar IIV Akademiyasi rahbariyati, ustozlar hamda ota-onalarning ishonchini oqlashga, belgilangan amaliyot tartibi va xizmat intizomiga to‘liq rioya etishga va’da berishdi. Shuningdek, o‘quv yilini a’lo baholarga yakunlagan kursantlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Text to speech