Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “O‘zbek tili – o‘zligimiz timsoli” (21-oktabr- o‘zbek tili bayrami kuni) mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning
21 oktabr kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari ishtirokida viloyat Ichki ishlar
boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida
“O‘zbek tili – o‘zligimiz timsoli” (21-oktabr- o‘zbek tili bayrami kuni) mavzusida
navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari
yuzasidan, Termiz shahridagi 11 sonli umumiy
o‘rta ta’lim maktabining “Ona tili va adabiyot” fani o‘qituvchisi, “Xalq ta’limi
fidoyisi”, “Xalq ta’limi a’lochisi”, “Shuhrat”
medali sohibasi, D.Normurodovaning ma’ruzasi tinglandi.
O‘quv darsi davomida,
Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun
hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i
podpolkovnik Q.Samandarov tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning xizmat intizomi
hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikrlar bildirib o‘tildi.
Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i
o‘rinbsari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan ba’zi xodimlarning yurish turishi,
xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan
murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari
tanqidiy muhokama etildi.