Surxondaryo viloyati IIBda 27 iyun – “Mabuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” hamda 30 iyun - “Yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bugun Surxondaryo viloyati
Ichki ishlar boshqarmasida 27 iyun – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari
kuni” hamda 30 iyun –“Yoshlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat IIB boshlig‘i
polkovnik Timur Ismailov viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan
yosh xodimlar va vohadagi bir guruh matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari
ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida, boshqarma
boshlig‘i barcha ommaviy axborot vositalari hamda viloyat IIOda xizmat olib borayotgan
yosh xodimlarni bayram bilan tabriklab, ularga yo‘llangan Prezident tabrigini o‘qib
eshittirdi hamda bugun mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga
qo‘shayotgan hissalari qatori, jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida
amalga oshirilayotgan ishlar e’tirofga munosib ekanligini, Muhtaram Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoevning “Haqiqatan ham
har qanday murakkab sharoitda ham adolat tamoyiliga, o‘zining hayotiy va ijodiy
prinsiplariga sodiq qolish, odamlarni qiynayotgan kamchilik va muammolarni dadillik
bilan ko‘tarib chiqish, ularni bartaraf etish uchun jamoatchilik fikrini shakllantirishga,
avvalo, sizlar kabi ma’naviy jasorat egalarigina qodir bo‘ladi”, – deya bildirgan
fikrlari Siz qalam ahliga bo‘lgan yuksak e’tiborning ifodasidir deya ta’kidladi.
Tadbir so‘ngida, boshqarma boshlig‘ining joriy yil
25 iyun kunidagi tegishli buyrug‘iga asosan, bir guruh matbuot va ommaviy axborot
vositalari vakillari, boshqarma axborot xizmati xodimlari hamda xizmat vazifasini
bajarish davomida hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yosh xodimlarga tashakkurnoma
hamda bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.