15 Oktyabr 2024 yil 464

Surxondaryo viloyati IIBda o‘tkazilgan yig‘ilishda 9 oyda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil asosida muhokama qilindi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning to‘qqiz oyi davomida, kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklar, erishilgan yutuqlar muhokamasiga bag‘ishlangan video-selektor tarzidagi tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda, viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman studiyalaridan IIB boshlig‘i va o‘rinbosarlari, barcha sohaviy xizmat xodimlari ishtirok etishdi.

Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik T.Ismailov kun tartibiga qo‘yilgan masalalarni tanishtirib, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlar, jinoyatchilikni jilovlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yib, jinoyatni o‘sishiga sharoit yaratib bergan omillar bo‘yicha ichki ishlar bo‘limlari va sohaviy xizmatlarning faoliyatlari chuqur tanqidiy tahlil qilindi.

O‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari, tan jarohati, o‘g‘irlik, firibgarlik, talonchilik, oila turmush doirasida sodir etilgan jinoyatlar, yoshlar, voyaga yetmaganlar, ayollar jinoyatchiligi, ijtimoiy profilaktika sohalari, tungi vaqtda sodir etilayotgan o‘g‘rilik jinoyatlarining oldini olishda profilaktik ishlar yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi tanqidiy muhokama etildi.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va quyi tizimlarida  yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklar qattiq tanqid qilinib, mas’ullarning hisoboti tinglandi, kelgusida bu boradagi kamchilliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq chora-tadbir va vazifalar belgilab olindi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasidagi muomala madaniyat, tartib intizom, qonunchilikka qat’iy rioya qilish hamda belgilangan vazifalarni sidqidildan amalga oshirish har bir ichki ishlar organi xodimining asosiy vazifasi ekanligi ta’kidlanib, rahbar xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech