Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Islohotlar inson, uning qadri uchun” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 23 sentabr kuni Surxondaryo
viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “Islohotlar inson, uning
qadri uchun” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat
Universiteti tarix fanlari doktori professor Toshkenboy Pardaevning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, qo‘shimcha mavzu sifatida,
Firibgarlik jinoyati va ushbu jinoyat jabrlanuvchisi bo‘lib qolishning oldini olish
haqida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi mas’ul xodimi mayor Feruz Aliboevning
ham ma’ruzasi tinglandi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida,
Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta
davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib,
ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi
borasidagi xatti-harakatlari tanqid qilindi.
O‘tkazilgan “Ma’naviyat va ma’rifat”
darsi davomida, viloyat IIB Jamaoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi
boshqarmasining bir qator xodimlari korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashda
jonbozlik ko‘rsatib, xodimlarga o‘rnak bo‘layotganligi uchun viloyat IIB boshlig‘i
buyrug‘i bilan pul mukofoti boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari tomonidan topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati