24 Iyun 2024 yil 315

Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “So‘z va matbuot erkinligi – taraqqiyotning muhim sharti” mavzusiga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 24 iyun kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor tarzida “So‘z va matbuot erkinligi – taraqqiyotning muhim sharti” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.

Mavzu tafsilotlari yuzasidan O‘zbekiston Jurnalistlar va Yozuvchilar uyushmalari a’zosi, “Halq yo‘li” gazetasi bosh muharriri Chori Jumaqulovning ma’ruzasi tinglandi.

Shundan so‘ng, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimi katta serjant Shermuhammad Jandiriev “Milliy kurash” bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 100 kg vazn toifasida birinchi o‘rinni eagllab Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritganligi uchun 10 000 000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan ikki nafar profilaktika inspektorlari o‘z xizmat hududlarida giyohvandlik vositalari va narkotik moddalari iste’moli savdosiga qarshi kurashish borasida amalga oshirgan ishlari e’tirof etilib, ularga pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan Joriy yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar Respublikaning barcha hududlaridagi Ichki ishlar organlari tizimlarida “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi” o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan ushbu oylikda barcha shaxsiy tarkib halollik bilan xizmat olib borishlari va faol ishtirok etishga chorlab, oyilik doirasida ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama qilindi.

Text to speech