15 Yanvar 2025 yil
690
Surxondaryo viloyati IIBda viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Babadjanov hamda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailovlar rahbarligida joriy yilning 15 kunida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning o‘n besh kuni davomida, kriminogen vaziyatni yaxshilash, axborot texnologiyalari va boshqa turdagi jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklar, erishilgan yutuqlar muhokamasiga bag‘ishlangan video-selektor tarzidagi tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan tezkor
yig‘ilishda, viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Babadjanov va
viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov, viloyat IIB boshqarma boshlig‘i
o‘rinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman studiyalaridan tuman
prokurorlari, tuman IIB boshlig‘i hamda o‘rinbosarlari,
barcha sohaviy xizmat xodimlari ishtirok etishdi.
Viloyat IIB boshlig‘i
polkovnik T.Ismailov kun tartibidagi masalalarni tanishtirib, viloyat hududida huquqbuzarlik
va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlar,
jinoyatchilikni jilovlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yib, jinoyatni o‘sishiga sharoit
yaratib bergan omillar bo‘yicha ichki ishlar bo‘limlari va sohaviy xizmatlarning
faoliyatlari chuqur tanqidiy tahlil qilindi.
O‘lim bilan bog‘liq
yo‘l transport hodisalari, tan jarohati, o‘g‘irlik, firibgarlik, oila turmush doirasidagi,
axborot texnologiyalari sohasidagi kiber jinoyatlar, yoshlar, voyaga yetmaganlar,
ayollar jinoyatchiligi, ijtimoiy profilaktika sohalari, tungi vaqtda sodir etilayotgan
o‘g‘rilik jinoyatlarining barvaqt oldini olish borasidagi profilaktik ishlar, hududlarni
kamera va tashvish tugmalarini o‘rnatish ishlari yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi
tanqidiy muhokama qilindi.
Viloyat Ichki
ishlar boshqarmasi va quyi tizimlarida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklar qattiq
tanqid qilinib, mas’ullarning hisoboti tinglandi.
Kelgusida bu boradagi kamchilliklarga yo‘l qo‘ymaslik
bo‘yicha aniq chora-tadbir va vazifalar belgilab olindi hamda axborot texnologiyalari
sohasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni barvaqt oldini olish maqsadida
"Dolzarb 2 oylik " e’lon qilindi.
Viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi B.Babadjanov tomonidan 2024 yilning 26 dekabr kuni hududiy idoralararo komissiya yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi o‘z vaqtida ta’minlanishi, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasidagi muomala madaniyat, tartib intizom, qonunchilikka qat’iy rioya qilish hamda belgilangan vazifalarni sidqidildan amalga oshirish har bir ichki ishlar organi xodimining asosiy vazifasi ekanligi ta’kidlanib, rahbar xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.