Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Bolalar huquqi va uning ijtimoiy kafolati” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning
3 iyun kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida
viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan
video selektor tarzida “Bolalar huquqi va uning ijtimoiy kafolati” mavzusida navbatdagi
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari
yuzasidan Termiz shahar 26-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining direktor o‘rinbosari
Abbos Asadovning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng,
Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta
davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, o‘z xizmat vazifasiga vijdonan
yondoshib, jirkanch illatlardan biri korrupsiyaga murosasiz qarshi kurashishda safdoshlariga
o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar boshqarma boshlig‘ining pul mukofoti
hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishgan bo‘lsa, viloyat IIB boshlig‘ining
tegishli buyrug‘i bilan ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar samarali xizmat
qilgan bir nafar xodim pensiyaga tantanali ravishda kuzatildi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev tomonidan
Joriy yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar Respublikaning barcha hududlaridagi
Ichki ishlar organlari tizimlarida “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi”
o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan ushbu oylikda barcha shaxsiy tarkib
halollik bilan xizmat olib borishlari va faol ishtirok etishga chorladi shundan
so‘ng, ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy
rioya qilishi hamda fuqarolar tomonidan qilinayotgan murojaatlar bilan ishlash borasidagi
xato-kamchilliklari bilan birga xatti-harakatlari tanqidiy muhokama qilindi.