8 Iyun 2024 yil 510

Surxondaryo viloyati IIBda Probatsiya guruhi xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2024 yil 8 iyun kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkonik Sh.Musurmonov boshchiligida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi Axborot texlogiyalari guruhi katta inspektori Mamatqobilov Erali Alisher o‘g‘li ishtirokida Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limida shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali onlayin o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-seminar mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi “«O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni Amaliy tadbirlar rejasining Ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tayotgan probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan ishlash tizimini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha topshirig‘i mazmun mohiyati yetkazilib, «Ye-probasiya» elektron axborot tizimida ishlash tartibi  to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech