Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Qatag‘on qurbonlari - xalqimiz armonlari” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning
7 oktabr kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar
bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shadiev ishtirokida viloyat Ichki
ishlar boshqarmasi hamda shahar-tuman IIBlari shaxsiy tarkibi bilan video selektor
tarzida “Qatag‘on qurbonlari - xalqimiz armonlari” mavzusida navbatdagi “Ma’naviyat
va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari
yuzasidan, Termiz davlat universiteti litseyi
tarix fani bosh o‘qituvchisi J.Usmonovning ma’ruzasi tinglandi.
O‘quv darsi davomida,
Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun
hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi IIV
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga xodimlarning
xizmat intizomi hamda qonuniylikka rioya qilishlari to‘g‘risida tanqidiy fikr mulohazalari
bildirib o‘tildi.
Bundan tashqari,
viloyat IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik F.Shoniyozov
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qonun va qonunosti hujjatlariga kiritilgan o‘zgarish
va qo‘shimchalar haqida ma’lumot berib o‘tdi.
“Ma’naviyat va
ma’rifat” darsi davomida, “5 oktabr-tezkor
qidiruv xizmati kuni” munosabati bilan viloyat IIB boshlig‘ining birinchi
o‘rinbosari B.Inoqov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant
Po‘lat Razzaqovich Bobojonovning ichki ishlar organlarining tezkor xizmat xodimlariga
yo‘llagan “Bayram tabrigi” o‘qib eshittirildi.
Shundan so‘ng viloyatimiz hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish,
fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash borasida o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan
yondashib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib, “Ustoz-shogirt”
an’analarini davom ettirib kelayotgani alohida
e’tirof etilib, bir qator soha faxriylari va xodimlariga viloyat IIB boshlig‘ining
faxriy yorlig‘i va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.