Surxondaryo viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi “Imom Al-Buxoriy – hadis ilmining sultoni” mavzusiga bag‘ishlandi.
Joriy yilning 16 sentabr kuni Surxondaryo
viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy
tarkibi bilan video selektor tarzida “Imom Al-Buxoriy – hadis ilmining sultoni”
mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat” darsi o‘tkazildi.
Mavzu tafsilotlari yuzasidan Termiz Davlat
Universiteti tarix fanlari doktori professor Toshkenboy Pardaevning ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mas’ul xodimi podpolkovnik B.Choriev
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant P.R.Bobojonovning
Mamlakatimiz aholisiga qilgan murojaatini o‘qib eshittirib, murojaatning mazmun
mohiyati, inson, jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida tutgan o‘rni haqidagi fikr
mulohazalarini bildirib o‘tdi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” darsi davomida, Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tgan bir hafta davomida sodir etilgan qonun hamda xizmat intizomi buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi tomonidan shaxsiy tarkibga o‘qib eshittirilib, ba’zi xodimlarning yurish turishi, xizmat intizomi, qonunchilikka qat’iy rioya qilishi borasidagi xatti-harakatlari tanqid qilindi.
Surxondaryo viloyati
IIB Axborot xizmati