Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi va
uning quyi tizimlari xodimlari uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
O‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya
bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Musurmonov hamda Termiz shahar hokimi o‘rinbosari,
oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Gulnora Raxmonovalar ishtirok etdi. Mashg‘ulot
davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2022 yil 31 mart kunidagi
“Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish
va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarori haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, IIO
Probatsiya xizmati xodimlari hamda mutassadi idoralar va sohaviy xizmat xodimlari
bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan nazorat tadbirlariga ham to‘xtalib
o‘tildi.
O‘z navbatida jazoni
ochiqda o‘tayotgan xotin-qizlarni «Ayollar daftari»ga kiritish
va bu orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlash tartiblariga oid ma’lumotlar yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.
Bundan tashqari, Probatsiya
xizmati nazorati ostidagi shaxslarga oid ish xujjatlarini yuritish ularning psixologik portretlarini tayyorlash jinoyatga
moyil mahkumlar bilan profilaktik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar
berilib, kelgusida hamkor tashkilot va idoralar bilan olib borilishi lozim bo‘lgan
chora-tadbirlar ijrosi ham ko‘rib chiqildi.