Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limida sayyor o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari generl-mayor Bekmurod
Tojimirzaevich Abdullaev tomonidan imzolangan farmoyishga asosan joriy yil
18-19 yanvar kunlari Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limi hamda uning
barcha hududiy bo‘linmalari xodimlari ishtirokida vazirlik Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish
boshqarmasi, maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi katta inspektor-o‘qituvchisi podpolkovnik
Jamoliddin Norpo‘latovich Raxmonov tomonidan
sayyor o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda
xodimlarning fuqarolar bilan muomala madaniyatidan tortib, ish jarayonida yuzaga
kelishi mumkin bo‘lgan, hayoti uchun xavfli holatlarning oldini olish, maxsus vositalarni
ishlatish, ayniqsa elektroshokerlardan foydalanish tartiblari to‘liq tushuntirildi.
Shuningdek, maxsus vositalarni qo‘llagandan so‘ng jarohatlangan shaxslarga birinchi
tibbiy yordam ko‘rsatish, rezina tayoq, masofadan turib boshqariluvchi elektroshok
qurilmalarning taktik va texnik imkoniyatlari xususida ham batafsil ma’lumotlar berildi. O‘quv yakunida
tinglovchilardan yakuniy sinov olindi. Albatta
bu kabi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar xodimlarning kasb malakasini oshirishda
fuqarolar bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojoroli va ko‘ngilsiz xodisalarning
oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.