Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya guruhi xodimlari uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti
Probatsiya xizmati boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2024 yil 16 mart
kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i
podpolkonik Sh.Musurmonov boshchiligida Termiz shahar Kambag‘allikni qisqartirish
va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Nazarov Bahrom tomonidan Surxondaryo
viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limida shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati
Probatsiya guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali onlayin o‘quv-seminar
mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 20 oktabr
kunidagi «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘RQ-642-son Qonuni mazmun-mohiyati yetkazilib,
probatsiya nazorati ostidagi shaxslarni bandligini ta’minlash, bo‘sh ish o‘rinlari,
korxona va tashkilotlarning vakansiya to‘g‘risidagi hisobotlarini berish tartibi,
fuqarolarning ishsiz deb topilishi yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, o‘quv-seminar
ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar
olishdi