Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti
Probatsiya xizmati boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga asosan 2024 yil 09 mart
kuni Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i
podpolkonik Sh.Musurmonov boshchiligida Angor tumani “Ishga marhamat” monomarkazi
direktori o‘rinbosari To‘raev Ilyos Ishdavlatovich tomonidan Surxondaryo viloyati
IIB JXX Probatsiya bo‘limida shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya
guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali onlayin o‘quv-seminar mashg‘uloti
bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
11.08.2020 yildagi «Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish,
ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda
aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4804-son
Qaroriga asosan probatsiya nazorati ostidagi shaxslarni monomarkazda mavjud 24 ta
yo‘nalishdagi kasb-hunarga o‘qitish tartibi yuzasidan tushunchalar berildi. Qarorning
qisqacha mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, o‘quv-seminar
ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar
olishdi.