14 Iyul 2025 yil
405
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida “Dolzarb-90” kun tadbiri davom etmoqda.
Ushbu o‘tkazilayotgan tadbir doirasida, Markaz xodimlari tomonidan markazda saqlanayotgan voyaga yetmagan bolalarni kasbga qiziqtirish maqsadida, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya bo‘linmasi instruktor xodimlari bilan birgalikda xizmat itlarini ish faoliyati va mashg‘ulot jarayonlari bilan tanishtirilib, voyaga yetmagan bolalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.