17 Fevral 2025 yil 540

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 17 fevral kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Shadiev hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Qudrat Samandarovlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan profilaktik tadbirlari davomida mavjud kuch vositalardan oqilona foydalangan holda ichki ishlar organlarida “temir intizom”ni yo‘lga qo‘yish va qonuniylikni ta’minlash borasidagi natijalarni yaxshilashga qaratilib, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish, shaxsiy tarkibni kunlik xizmatga kelib ketishi, avtoreyd o‘tkazish, yashash sharoitlarini o‘rganib ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarni aniqlash borasida qator ishlar amalga oshirilayotganligi yuzasidan ma’ruza qilindi.

Shundan so‘ng yig‘ilishda xodimlarning kasbiga bo‘lgan sadoqatini, mas’uliyatini oshirish maqsadida, 2024 yilning ikkinchi yarmida viloyat IIB xodimlari ishtirokida sodir etilgan holatlar aks etgan “Hiyonat va halollik” nomli video rolik namoyish etilib, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilishlarni oldini olishga barcha birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib, xizmat faoliti davomida namuna ko‘rsatib kelayotgan xodimlarga viloyat IIB rahbariyatining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech