16 May 2025 yil 121

Surxondaryo viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati tarkibiga kiruvchi sohaviy xizmat xodimlari bilan navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024 yil 05 oktabr kunidagi 555-sonli buyrug‘iga asosan, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining Patrul-post, yo‘l-patrul, huquqbuzarliklar profilaktikasi va probasiya bo‘linmalari shaxsiy tarkibining xizmat faoliyati davomida yangicha uslub, ilg‘or tajribalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shaxsiy tarkibning o‘q otish tayyorgarligi va saf tayyorgarligi, maxsus vositalarni qo‘llash tartibi hamda xavfsizlik qoidalari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, shuningdek, ularning ruhiy barqarorlikni shakllantirish, ziyraklik, hushyorlik, xotira va boshqa kasbiy-psixologik jarayonlarni rivojlantirish hamda xizmat faoliyati jarayonida yuqori ishchanlikni va yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarini tarbiyalash borasida o‘quv yig‘ini tashkil etilgan edi.

Ushbu tashkil etilgan o‘quv yig‘ini yakuni bilan jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik yo‘nalishi bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlari yakuni bo‘yicha sinov imtixonlari qabul qilinib, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sherzod Shodiev tomonidan yakuniy yo‘riqnoma o‘tkazildi.

Text to speech