10 Iyul 2025 yil 287

Surxondaryo viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan joriy yil olti oyi davomida jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlari sarhisob qilindi

Bugun Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati tarkibiga kiruvchi sohaviy  xizmatlari tomonidan 2025 yilning 6 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Uchqun Yakubov hamda viloyat IIBning tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurash, yo‘l transport hodisalarining oldini olish, jamoat tartibini saqlash va aholi xavfsizligini ta’minlashdagi roli, shuningdek, jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilishda sohaviy xizmatlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belginib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech