Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Post-patrul xizmati batal’onida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Post-patrul xizmati batal’oni xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi masul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 26-may kunidagi 202-farmoyishiga asosan 2025-yil iyun oyining birinchi o‘n kunligida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida "Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi" doirasida Respublikada xodimlar bilan bog‘liq salbiy holatlar shaxsiy tarkibga yetkazildi.
Uchrashuv davomida, rahbar xodimlarning
shaxsan javobgarligi va mas’uliyatini oshirish, korrupsiyaviy omillarga nisbatan
murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida, mas’ullar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etish, qonunchilikka qat’iy amal qilish va fuqarolar ishonchini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish lozimligi qayd etildi.