Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i huzurida video selektor yig‘ilish o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasida, Boshqarma boshlig‘i Abror Xudoyberdiev huzurida video selektor tarzida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan yig‘ilishda, barcha shahar-tuman IIB studiyalaridan Jamoat xavfsizligi xizmati
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshliqlari, Huquqbuzarliklar profilaktikasi
bo‘limi aparat inspektorlari, tuman IIB sektor kotiblari, xotin-qizlar masalari
bo‘yicha va voyaga yetmaganlar bilan ishlash guruhi katta inspektorlari hamda barcha
profilaktika katta inspektorlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida, viloyat hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt
oldini olish, fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash, uzoq
muddatda yurgan fuqarolar bilan onlayn suhbatlashish va profilaktik suhbat olib
borish, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat intizomi, qonunchilikka rioya
etish borasidagi ishlar tanqidiy muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida, kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklarni bartaraf etish va takrorlamaslik yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.