22 Avgust 2025 yil
184
Surxondaryo viloyati IIB va quyi tizimlarida "Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki!" shiori ostida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-avgustdagi 516-F-son va Ichki ishlar vazirining 2025-yil 31-iyuldagi 288-son farmoyishida belgilangan dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 22-avgust kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi uning quyi tizimlarida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki!” shiori ostida ommaviy hashar tashkil etildi.
Ikki kun davom etadigan hasharda boshqarma va uning quyi tizimlaridagi ma’muriy binolar va ularning yon-atroflarida obodonlashtirish ishlari olib borilib, obodonlashtirish jaryonida chiqindilarni chiqarish, ariq va zovurlarni tozalash ishlari olib borildi.