Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 6 oy yakunlari sarhisob qilindi.
Joriy yilning 23 iyul kuni, Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi binosida, viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik
X.N.Atanazarov raisligida Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari
ishtirokida 2024 yilning 6 oy yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda boshqarma va uning quyi bo‘linmalari tomonidan
joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, yo‘l
qo‘yilgan xato va kamchilliklar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan
“Eng yaxshi tergov jamoasi”, “Eng yaxshi tergovchi” hamda “Eng yaxshi surishtiruvchi”lar
taqdirlanib, ularga xizmatda foydalanish uchun kompyuter jamlanmalari topshirildi.
Shu bilan birga sohada fidoiylik bilan xizmat qilib
kelayotgan tergovchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.