Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va quyi tergov bo‘linmalari tergovchilari o‘rtasida “Eng yaxshi tergovchi” ko‘rik tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2024 yil 5 avgust kunidagi “Ichki
ishlar organlarida Eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo‘yicha viloyat tanlovini tashkil
etish to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo
viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va quyi tergov bo‘linmalari tergovchilari
o‘rtasida “Eng yaxshi tergovchi” ko‘rik tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan “Eng yaxshi tergovchi” ko‘rik tanlovida, 18 nafar tergovchi
va surishtiruvchilar jismoniy tayyorgarlik, jangovar tayyorgarlik, intellektual
xususiyati natijalari, nazariy bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovi, yakka
tartibdagi suhbat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi.
Ko‘rik tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra, faxrli 3-o‘rinni
Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi leytenant Jaloliddin Xurramov,
2-o‘rinni esa Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi katta
leytenant Jaxongir Fakirov band qilishdi. Viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi
o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi katta leytenant Otabek Rajabov esa g‘oliblikni
qo‘lga kiritib ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini
qo‘lga kiritdi.