Surxondaryo viloyati IIB tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik buzilishini oldini olishga qaratilgan yig‘ilish boshqarma Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida tashkil etildi.
2024 yil 31 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB majlislar
zalida Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning quyi tizimi shaxsiy tarkib xodimlari hamda ularning ota-onalari, turmush o‘rtoqlari taklif etilib,
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi
va uning hududiy bo‘linmalarida xizmat, ijrochilik intizomini ta’minlash va korrupsiyaga
qarshi kurashish sohasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish
bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan mazkur yig‘ilish Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev, O‘zbekiston Respublikasi
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.B.Samandarov hamda Surxondaryo
viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish
boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik X.Dilmonovlar huzurida o‘tkazildi.
Dastlab viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik
Shadiev Sherzod Fayzullaevich so‘zga chiqib, bugungi kunda ichki ishlar organlari
xodimlarining harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini, ma’naviy saviyasini va intellektual
salohiyatini yuksaltirishni ta’minlash, ularda mamlakatimizning qadimiy va boy madaniyati,
azaliy qadriyatlari, udumlari va an’analariga asoslangan keng dunyoqarashini yanada
shakllantirish yuzasidan bir qator manzilli ishlar amalga oshirib kelinayotganligini,
ammo ba’zi bir xodimlar ushbu yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanmasdan
xozirgi kunda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etmasdan javobgarlikka tortilib
ketayotganligini qayd etdi.
Shuningdek, kelgusida xodimlarimiz jonajon O‘zbekistonimizda hukm surayotgan
tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek
asrab-avaylash, bunday bebaho boylikni muttasil mazmunan boyitib borish, O‘zbekiston
taraqqiyoti yo‘lida bir mushtga jipslashib, davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch
bo‘lib xizmat qilish, kelgusi avlodlarni shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch
ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv davomida 2023 yil davomida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari
tomonidan sodir etilgan salbiy hamda ijobiy holatlar asosida tayyorlangan videofilm
xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatlarida o‘zlariga tegishlicha to‘g‘ri xulosa
chiqarishlari uchun yig‘ilganlarning e’tiboriga namoyish etildi.
Namoyish etilgan film yakunida Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh
boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Samandarov
Qudrat Bazarbaevich hamda xodimlarning oila a’zolari so‘zga chiqishib, namoyish
etilgan ushbu videofilmdan har bir xodim o‘ziga tegishli bo‘lgan xulosa chiqarib
olishlari to‘g‘rsida ta’kidlab o‘z fikr mulohazalarini uchrashuv ishtirokchilariga
bildirib o‘tishdi.
Tadbir so‘ngida xizmat faoliyati davomida ijobiy natijalarga
erishib hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga
viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari
tantanali ravishda topshirildi.