23 Fevral 2024 yil 238

Surxondaryo viloyati IIB tomonidan xizmat intizomini mustahkamlash borasida xodimlar hamda ularning oila a’zolari bilan navbatdagi uchrashuvlar Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumani IIBlarida tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 2024 yil 15 fevral kunida tasdiqlangan reja dastur asosida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida, bugun Jarqo‘rg‘on hamda Sho‘rchi tumanlarida joriy yilning 23 fevral kuni Jarqo‘rg‘on hamda Sho‘rchi tumani IIBlarida xizmat olib borayotgan xodimlar hamda ularning oila a’zolari ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Dastlab, 2023 yil davomida xodimlar tomonidan sodir etilgan salbiy va ijbiy holatlar yuzsidan tayyorlangan videofilm namoyish etildi. Shundan so‘ng, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev so‘zga chiqib, bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlarining harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini, ma’naviy saviyasini va intellektual salohiyatini yuksaltirishni ta’minlash, ularda mamlakatimizning qadimiy va boy madaniyati, azaliy qadriyatlari, udumlari va an’analariga asoslangan keng dunyoqarashini yanada shakllantirish yuzasidan bir qator manzilli ishlar amalga oshirib kelinayotganligini, ammo ba’zi bir xodimlar ushbu yaratilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanmasdan xozirgi kunda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etmasdan javobgarlikka tortilib ketayotganligini qayd etdi.

Shuningdek, kelgusida xodimlarimiz jonajon O‘zbekistonimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bunday bebaho boylikni muttasil mazmunan boyitib borish, O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida bir mushtga jipslashib, davlatimiz rahbariga tayanch va suyanch bo‘lib xizmat qilish, kelgusi avlodlarni shu ruhda kamol toptirish muqaddas burch ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Namoyish etilgan film yakunida Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.B.Samandarov hamda xodimlarning oila a’zolari so‘zga chiqishib, namoyish etilgan ushbu videofilmdan har bir xodim o‘ziga tegishlicha xulosa chiqarib olishlari, to‘g‘rsida ta’kidlab o‘z fikr mulohazalarini uchrashuv ishtirokchilariga bildirib o‘tishdi.

Tadbir so‘ngida xizmat faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech