3 Iyun 2024 yil 479

Surxondaryo viloyati IIB tomonidan “Intizom” oyligi doirasida, “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi” shiori ostida profilaktik ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024 yil 10 may kunidagi tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar “Intizom” oyligi deb e’lon qilingan.

Shu boisdan bugun viloyat IIBning sohaviy xizmatlari hamda barcha shahar-tuman IIBlarida xizmat olib borayotgan  xodimlar o‘rtasida “Qonuniylikni ta’minlash va temir intizom oyligi” shiori ostida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmat intizomini buzish holatlarini oldini olish maqsadida, xodimlarning xizmat xonalari va yashash uylariga borib o‘rganish ishlari olib borilib, aniqlangan kamchilliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan taklif va tegishli topshiriqlar berilmoqda.

Shuningdek soha xodimlarining xizmat kiyim-boshlarini kiyib yurishlari, yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilishlari hamda ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan boshqa nojo‘ya xatti-harakatlarini sodir etilishini oldini olish maqsadida, patrul guruhlari tashkil etilib, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Text to speech