8 Iyun 2024 yil 402

Surxondaryo viloyati IIB tizimida xizmat qilib kelayotgan xotin-qizlar bilan “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz!” shiori ostida psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan shahodatlangan hamda erkin yollangan ayol xodimalar bilan “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz!” shiori ostida xotin-qizlarga psixologik holatini yaxshilash, ish unumdorligini, faolligini yanada oshirish maqsadida, navbatdagi psixologik seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis psixologlari tomonidan xodimlarning salomatligini muhofaza qilish, favqulodda holatlarni oldini olish, nostandart vaziyatlarda oqilona harakat qilish, ruhiy tushkunlik, stress va depressiyaga tushib qolishni oldini olish va bu vaziyatlardan chiqib ketishga qaratilgan treningda bir nechta o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Text to speech