26 Iyul 2024 yil 149

Surxondaryo viloyati IIB tizimida navbatdagi maxsus unvonini olish uchun atestatsiyadan o‘tkaziladigan xodimlarning psixoemotsional holati o‘rganildi.

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida katta leytenant maxsus unvonini olish uchun atestatsiyadan o‘tkaziladigan xodimlarning psixoemotsional holati o‘rganildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad xodimlarning individual–psixologik xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini ta’minlash, o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, harakatlariga to‘g‘ri baho berishga qaratilgan.

Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilayapdi.

Text to speech