Surxondaryo viloyati IIB tizimida xizmat qilib kelayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Oilada reproduktiv salomatlikni mustahkamlash” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Surxondaryo
viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlarning Oilada reproduktiv
salomatlikni mustahkamlash, ularning tibbiy madaniyatini
oshirish maqsadida Surxondaryo viloyat hokimiyati qoshidagi Sog‘lom avlod uchun
xayriya fondi mutaxassisi, ginekolog shifokori Jumaeva Salima Ziyodullaevna
va Surxondaryo viloyati Onkologiya ilmiy amaliy markazi shifokori Jo‘raeva Gulbahor
Alisherovnalar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda
dastlab xotin-qizlarga tibbiy madaniyat tushunchasi, ayollarda uchraydigan asosiy
kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari, belgilari, oldini olish va davolash
choralari haqida tushunchalar berib o‘tildi.
Shundan
so‘ng xodimalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan shifokorga murojaat etib, zarur
tavsiya va maslahatlarga ega bo‘ldilar.
Davra suhbati qiziqarli va taassurotlarga boy tarzda o‘tkazildi.