Surxondaryo viloyati IIB tizimida xizmat qilayotgan erkin yollangan xotin-qizlar ishtirokida “Oilada reproduktiv salomatlikni mustahkamlash” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB tizimida xizmat qilib kelayotgan
erkin yollangan xotin-qizlar bilan tibbiyot muassasasi vakillari ishtirokida xotin-qizlarning
reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ularning tibbiy madaniyatini yanada oshirish
maqsadida, uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvga Jarqo‘rg‘on tumani kattalar poliklinikasi
akusher-ginekolog shifokori Dilbar Jumaeva taklif etilib “Oilada reproduktiv salomatlikni
mustahkamlash” mavzusida so‘z yuritildi. Unda shaxsiy gigena qoidalariga rioya etish,
salomatlik saboqlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida har bir ayol o‘z salomatliklarini
asrab avaylash borasida nimalarga ko‘proq e’tibor qaratishlari yuzasidan tavsiyalar
bilan ham o‘rtoqlashildi.
Uchrashuv yakunida, xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis
tomonidan javoblar olishdi.