Surxondaryo viloyati IIB tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlari uchun tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 02-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.
Xizmatga
tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning
xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy
fazilatlarga ega erkak nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish
istagini bildirgan nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
- doimiy yashash joyi
bo‘yicha Surxondaryo viloyati hududida ro‘yxatda turgan;
- harbiy xizmatni o‘tagan
(muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- yoshi 18 yoshdan
kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;
- bo‘yi 170 (bir yuz yetmish)
santimetrdan past bo‘lmagan;
- Oliy ta’lim muassasalarini
tamomlaganlar;
- IIV Akademik litseylar
va harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari;
Arizalar
https://kb.iiv.uz/ sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi.
Joriy yilning 2025-yil 24-oktabr kunidan 31-oktabr kuniga qadar murojaat qilmagan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi
va ushbu tanlovlarda qatnasha olmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining telegram (Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal) rasmiy sayti, viloyatdagi boshqa ommaviy axborot vositalari
yoki 76-224-15-76, 97-865-91-02 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etmoqchi
bo‘lgan fuqarolar 2025-yil 24-oktabr kunidan 31-oktabr kuniga qadar faqatgina https://kb.iiv.uz/
portal orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va Kadrlar bilan ta’minlash xizmati.