Surxondaryo viloyati IIB tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibining patrul-post xizmati inspektori lavozimlari uchun tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 02-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.
Xizmatga tanlov
asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning
xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va
kasbiy fazilatlarga ega erkak nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda
ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
-doimiy yashash
joyi bo‘yicha Surxondaryo viloyati hududida ro‘yxatda turgan;
- harbiy
xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- yoshi 18
yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;
- bo‘yi 170
(bir yuz yetmish ) santimetrdan past bo‘lmagan;
- Oliy ta’lim
muassasalarini tamomlaganlar;
- IIV Akademik
litseylar va harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari shuningdek profilaktika
inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari;
- xizmat
majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Ichki ishlar organlari
xodimlari va
harbiy xizmatchilarining farzandlari.
Arizalar https://kb.iiv.uz/ sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi.
Joriy yilning 20-yanvar kunidan 31-yanvar kuniga
qadar murojaat qilmagan
nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi va ushbu tanlovlarda qatnasha olmaydi.
Qo‘shimcha
ma’lumotlarni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining telegram rasmiy
sayti, viloyatdagi boshqa ommaviy axborot vositalari yoki 76-224-15-76, 90-076-12-42 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan fuqarolar 2025-yil 20-yanvar kunidan 31-yanvar kuniga
qadar https://kb.iiv.uz/ portal orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
SURXONDARYO VILOYATI IIB MMI VA KBTX