Surxondaryo viloyati IIB sport majmuasida, “Kurash bo‘yicha faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabr kunidagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining “Sportning kurash turi bo‘yicha faxriylar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga muvofiq, joriy yilning 27-29-may kunlari Surxondaryo viloyati IIB sport majmuasida, faxriylar o‘rtasida kurash sort turi bo‘yicha “O‘zbekiston chempionati" musobaqasi o‘tkazildi.
Unda 36-45, 46-55, 56 va undan yuqori yosh toifasidagi
Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan faxriylar o‘zaro kuch sinashishdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan kurashlarda Surxondaryo
viloyati IIB xodimi podpolkovnik Bekmuratov Shuxrat Abduraimovich 56+ yosh toifasida
+95 kg vaznda munosib ishtirok etib, Respublika
miqyosida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Hamkasbimizni g‘alaba bilan, Surxondaryo viloyati IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan muborakbod etamiz!